Kurs yo‘l xaritasi

O‘rganish bosqichlari va muddatlar: batafsil reja

Bosh sahifa / Yo‘l xaritasi
Bosqichlar va ularning mazmuni

Kurs 10 haftalik reja bo‘yicha tuzilgan. Har bir bosqichda nazariya, amaliyot va baholash mavjud:

  1. 1–2-hafta: Informatikaga kirish – Kompyuter tuzilishi, ma’lumotlar turlari va asosiy tushunchalar. Amaliyot: Oddiy dasturlarni yozish va ishlatish.
  2. 3–4-hafta: Algoritmlar va blok-sxemalar – Muammolarni modellashtirish, blok-sxemalar chizish. Amaliyot: Qidiruv algoritmlarini amalga oshirish.
  3. 5–6-hafta: Dasturlash asoslari – Python sintaksisi, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash. Amaliyot: Funksiyalar va modulllarni yaratish.
  4. 7–8-hafta: Amaliy masalalar – Haqiqiy masalalarni yechish, masalan, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash. Amaliyot: Kichik loyihalar.
  5. 9-hafta: Mini-loyiha – O‘z loyihangizni yaratish, masalan, veb-ilova yoki bot. Mentor yordami bilan.
  6. 10-hafta: Yakuniy nazorat – Test va loyiha himoyasi. Sertifikat berish.

Qo'shimcha: Har hafta oxirida progressni baholash va kerakli qayta ko‘rib chiqish.